date

Ronaldu transfer kafolatlaridan so'ng Al-Nasrda qoladi

Ronaldu transfer kafolatlaridan so'ng Al-Nasrda qoladi

Krishtianu Ronaldu yaqinda «Al-Nasr»ning bir nechta o'yinlarida maydonga tushmay, klub boshqaruvidagi qarorlardan norozi ekanini bildirgandi. Shu fon’da portugaliyalik yulduz yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida gap-so'zlar ham tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq 365Scores xabariga ko'ra, Ronaldu amaldagi shartnomasi yakunigacha — 2027 yil o'rtalarigacha — «Al-Nasr»da qolishga qaror qilgan. Manbada aytilishicha, hujumchi Saudiya Arabistoni investitsiya fondi vakillaridan jamoaga top darajadagi futbolchilar olib kelinishi bo'yicha kafolat olgan.

Hozir «Al-Nasr» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi «Al-Ahli» 2 ochko ortda, uchinchi «Al-Hilol» esa 3 ochko kam to'plagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu transfer kafolatlaridan so'ng Al-Nasrda qoladi