date

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini esladi

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini esladi

Argentina hujumchisi Lionel Messi yurtdoshi, futbol afsonasi Diyego Armando Maradona bilan ilk bor qachon va qanday tanishganini so'zlab berdi. Messi aytishicha, ularning birinchi uchrashuvi televideniyedagi «La noche del 10» ko'rsatuvi paytida bo'lib o'tgan va dasturga taklif ham aynan Maradonadan kelgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Taklifni oldim va, albatta, rad eta olmadim — bordim. O'shanda yonimda yaqinlarim ham bor edi: otam, amakim, amakivachchalarim. Ular ham Maradona bilan tanishishdi. Bu unutilmas voqea bo'lgan», — deya Messining so'zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Eslatib o'tamiz, Diyego Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini esladi