Ronalduning kelajagi aniq bo‘ldi va u Al Nasrda qoladi

Krishtianu Ronaldu yaqinda «Al-Nasr»ning bir nechta uchrashuvlarida maydonga tushmay, klub boshqaruvidan norozi ekanini namoyish etdi. Shu fon’da portugaliyalik yulduz yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar ham tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq 365Scores xabariga ko‘ra, Ronaldu amaldagi shartnoma muddati yakunigacha «Al-Nasr» safida qolish qarorini qabul qilgan. Hujumchi 2027 yilning o‘rtalarigacha klubda o‘ynash niyatida, bunga esa Saudiya Arabistoni investitsiya jamg‘armasi vakillaridan top-darajadagi futbolchilar transferi bo‘yicha kafolatlar olgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Hozirda «Al-Nasr» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Al-Ahli» yetakchidan ikki ochko, uchinchi «Al-Hilol» esa uch ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!