date

Ronaldu kelajagi bo'yicha qaror qildi va kafolat oldi

Ronaldu kelajagi bo'yicha qaror qildi va kafolat oldi

Krishtianu Ronaldu yaqinda "Al-Nasr"ning bir nechta o'yinlarida maydonga tushmay, klub boshqaruvidan noroziligini ochiq ko'rsatdi. Shu fondda portugaliyalik yulduz yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar ham kuchaygandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq 365Scores xabariga ko'ra, Ronaldu "Al-Nasr"da shartnomasi yakunigacha qolishga qaror qilgan. Hujumchi Saudiya Arabistoni investitsiya fondi vakillaridan jamoani kuchaytirish uchun top futbolchilar transferlari borasida aniq kafolatlar olgan va endi 2027 yil o'rtalarigacha klubda qolishni maqsad qilgan.

Ayni paytda "Al-Nasr" Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o'rindagi "Al-Ahli" ikki ochko ortda bormoqda, uchinchi "Al-Hilol" esa uch ochko kam jamg'argan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu kelajagi bo'yicha qaror qildi va kafolat oldi