Galatasaray va Fenerbahche futbolchilari stavkalar sabab qamalishi mumkin

Turkiyada «Galatasaray» va «Fenerbahche» safida to'p surayotgan ikki futbolchi tikishlar bilan bog'liq ish bo'yicha qamoq jazosi xavfi ostida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap «Galatasaray» vakili Metehan Baltadji hamda «Fenerbahche» sardori Mert Hakan Yandash haqida bormoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, Baltadji 13 yilgacha, Yandash esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Sabah nashri yozishicha, Baltadji kamida ikki marta «Galatasaray» o'yinlariga tikish qo'ygan. U o'sha bahslarda asosiy tarkibda bo'lmagan, biroq qaydnomaga kiritilgani uchun uchrashuv natijasiga bilvosita ta'sir o'tkazish imkoniyati bor deb baholanmoqda.
Amaldagi turk qonunchiligiga ko'ra, u bukmekerlarga professional sportchi ekanini oldindan ma'lum qilishi shart edi, ammo futbolchi bu talabni bajarmagani ta'kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!