date

Ikardi agentlari Galatasaroy bilan kelajakni muhokama qiladi

Ikardi agentlari Galatasaroy bilan kelajakni muhokama qiladi

Turkiyaning Galatasaroy klubida to'p surayotgan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi masalasida agentlar klub bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi vakillari Istanbul klubi rahbariyati bilan aprel oyida muzokara qiladi.

Shu bilan birga, Ikardiga qiziqish bildirayotgan jamoalar ham bor: ular uni erkin agent sifatida shartnoma asosida qo‘lga kiritishga tayyor.

Hujumchining Galatasaroy bilan amaldagi bitimi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. 33 yoshli futbolchining bozor bahosi 6 million yevroga teng.

2025/2026 yilgi mavsumda Ikardi 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi agentlari Galatasaroy bilan kelajakni muhokama qiladi