date

Nagelsmann 18 yoshli Karlning JCh-2026dagi imkonini baholadi

Nagelsmann 18 yoshli Karlning JCh-2026dagi imkonini baholadi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Bavariya"ning hujumkor yarim himoyachisi Lennart Karl haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

18 yoshli futbolchi hozircha Germaniya asosiy terma jamoasida debyut qilmagan. Shunga qaramay, klubdagi o'yinlari sabab u kelajak uchun nomzodlar qatorida tilga olinmoqda.

Nagelsmannning aytishicha, Karl yaqinda juda kuchli o'yinlar namoyish etgan, ammo hozir ayrim qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Murabbiy buni qisman Musialaning safga qaytgani bilan ham bog'ladi. "U juda qiziqarli futbolchi: raqibni aldab o'tishi zo'r, qanotdan chap oyog'iga qulay burchakka kirib zarba berishni yaxshi ko'radi, uni qo'riqlash oson emas. Lekin men u faqat JCh-2026ga borish uchun doimiy "Bavariya" asosida o'ynab turadi, deb kutmayman. Hozir unga ritmni topish, o'ziga ishonchni qaytarish kerak. Unda yoshlik energiyasi va jur'at bo'lishi shart, aks holda men barqaror o'yin ko'rsatadigan tajribali futbolchini chaqira olaman", — deya Nagelsmannning so'zlarini keltirdi manba.

Joriy mavsumda Lennart Karl 30 ta uchrashuvda 7 ta gol urib, 4 ta assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nagelsmann 18 yoshli Karlning JCh-2026dagi imkonini baholadi