date

Nagelsmann Noyer masalasida nuqta qo'ydi va fikr bildirdi

Nagelsmann Noyer masalasida nuqta qo'ydi va fikr bildirdi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann darvozabon Manuel Noyerni milliy jamoaga qaytarish ehtimoli borasida o'z pozitsiyasini yana bir bor eslatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

OAVda hali ham "Bavariya" sardori, 40 yoshni qarshilash arafasidagi tajribali posbonni terma jamoaga chaqirish mumkinligi haqida gap-so'zlar to'xtagani yo'q. Taxminlarga ko'ra, u Jahon chempionati oldidan bundestimning darvozabonlar borasidagi masalasini yopishga yordam berishi mumkin.

Nagelsmann esa bu mavzuda hammasi aniq ekanini ta'kidladi: Noyerning o'zi ham terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ochiq aytgan. Murabbiy Noyer "Bavariya"da hali ham yuqori darajada o'ynayotganini e'tirof etar ekan, terma jamoada hozir Oliver Baumann kabi ishonchli variant borligini, u shu tempda davom etsa, Jahon chempionatini juda yaxshi o'tkazishini qayd etdi.

Manuel Noyer 2024 yilda Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nagelsmann Noyer masalasida nuqta qo'ydi va fikr bildirdi