Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini stavkalar uchun qamoq kutmoqda

Turkiyaning ikki grandi — “Galatasaray” va “Fenerbahche” safidagi futbolchilar tikishlar bilan bog‘liq mojaro sabab qamoq jazosi xavfi ostida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap “Galatasaray” futbolchisi Metehan Baltadji va “Fenerbahche” sardori Mert Hakan Yandash haqida bormoqda. Ularning ishida ayblovlar tasdiqlansa, Baltadjiga 13 yilgacha, Yandashga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid qilmoqda.
Sabah nashri xabariga ko‘ra, Baltadji kamida ikki marta “Galatasaray” o‘yinlariga pul tikkan. U o‘sha uchrashuvlarda asosiy tarkibdan joy olmagan bo‘lsa-da, jamoa qaydnomasida bo‘lgan va bu holat unga natijaga bilvosita ta’sir ko‘rsatish imkonini bergani qayd etilmoqda.
Amaldagi Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, professional sportchi bukmekerlarga o‘z maqomini oldindan ma’lum qilishi shart, biroq futbolchi buni bajarmagani ta’kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!