Gallardo ko'z yosh to'kdi va River abadiy tark etilmaydi dedi

Marselo Gallardo murabbiy sifatida so'nggi uchrashuvini o'tkazdi. U "Banfild"ga qarshi bahsda jamoasini 3:1 hisobidagi g'alabaga boshlab bordi va shu tariqa ketma-ket uch mag'lubiyatdan iborat omadsiz seriyaga nuqta qo'ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Aynan shu mag'lubiyatlar zanjiri Gallardoning lavozimini saqlab qolishiga to'siq bo'ldi. Shunga qaramay, klub unga chiroyli tarzda xayrlashish imkonini berdi va u buni juda ta'sirli, hissiyotlarga boy tarzda amalga oshirdi.
Uchrashuvdan keyin ko'z yoshlarini yashirmagan Gallardo muxlislarga minnatdorlik bildirib, "Hammasi uchun rahmat. Sizning mehringizni so'z bilan ifodalash qiyin. Men butunlay ketmayman. Riverdan hech kim abadiy ketmaydi. Bu sehrli maskan: ketsang ham, baribir klub bilan birga qolasan", dedi.
Eslatib o'tamiz, Gallardo 1990-yillarda klub safida ham, Argentina terma jamoasida ham futbolchi sifatida maydonga tushgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!