Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini stavkalar uchun qamoq kutmoqda

Turkiyada «Galatasaray» va «Fenerbahche» safida to‘p surayotgan ikki futbolchiga sport tikishlari bilan bog‘liq ish bo‘yicha qamoq jazosi xavf solmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap «Galatasaray» vakili Metehan Baltadji hamda «Fenerbahche» sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Mahalliy manbalarga ko‘ra, Baltadjiga 13 yilgacha, Yandashga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilish ehtimoli bor.
Sabah nashrining yozishicha, Baltadji kamida ikki marta «Galatasaray» ishtirokidagi o‘yinlarga pul tikkan. U o‘sha bahslarda asosiy tarkibda bo‘lmagan, biroq qaydnomaga kiritilgani sabab natijaga bilvosita ta’sir o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lgan.
Amaldagi turk qonunchiligiga ko‘ra, u bukmekerlarga professional sportchi ekani haqida ma’lumot berishi shart edi. Biroq futbolchi bu talabni bajarmagani ta’kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!