date

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilariga qamoq jazosi tahdid solmoqda

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilariga qamoq jazosi tahdid solmoqda

Turkiyada «Galatasaray» va «Fenerbahche» klublari futbolchilari sport garovlarida qatnashgani gumoni bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap «Galatasaray» vakili Metehan Baltadji hamda «Fenerbahche» sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, Baltadjiga 13 yilgacha, Yandashga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etish xavfi bor.

Sabah nashri yozishicha, Baltadji kamida ikki marta «Galatasaray» o‘yinlariga pul tikkan. U o‘sha uchrashuvlarda asosiy tarkibda bo‘lmagan, biroq qaydnomaga kiritilgani sabab natijaga bilvosita ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Amaldagi Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, professional sportchi bukmekerlarga o‘z maqomini oldindan bildirishi shart, biroq futbolchi buni bajarmagani qayd etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasaray va Fenerbahche futbolchilariga qamoq jazosi tahdid solmoqda