date

OFK Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini boshqa muddatga qoldirdi

OFK Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini boshqa muddatga qoldirdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Abu-Dabi, Dubay va Dohada o'tishi kerak bo'lgan mintaqaviy Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari boshqa sanalarga ko'chirilganini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qarorga Eron, AQSh va Isroil o'rtasidagi harbiy keskinlik sabab bo'ldi. OFK qayd etishicha, mojarodan kelib chiqqan xavf qo'shni hududlarga ham ta'sir qilmoqda, ayrim mamlakatlarda esa AQSh bazalari joylashgan.

Konfederatsiya bayonotida OFK vaziyatni doimiy kuzatib borishi va futbolchilar, jamoalar, rasmiylar hamda muxlislar xavfsizligini ta'minlash masalasida qat'iy pozitsiyada qolishi ta'kidlandi.

Uchrashuvlar 2 va 3 mart kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Hozircha yangi sana yoki o'yinlar o'tkaziladigan joylar e'lon qilinmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » OFK Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini boshqa muddatga qoldirdi