Galatasaroy va Fenerbahche futbolchilariga tikish sabab qamoq tahdidi bor

Turkiya futbolida tikish mojarosi: “Galatasaroy” va “Fenerbahche” safidagi ikki o'yinchi garov o'yinlarida qatnashgani uchun qamoq jazosi bilan yuzlashishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap “Galatasaroy” futbolchisi Metehan Baltadji hamda “Fenerbahche” sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Sabah nashri xabariga ko'ra, Baltadjiga 13 yilgacha, Yandashga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid solmoqda.
Manbaga ko'ra, Baltadji kamida ikki marta “Galatasaroy” o'yinlariga tikish qilgan. U o'sha uchrashuvlarda boshlang'ich tarkibda bo'lmagan, biroq qaydnomaga kiritilgani sababli vaziyatga ta'sir o'tkazish imkoniyati mavjud bo'lgan.
Amaldagi Turkiya qonunchiligiga asosan, futbolchi bukmekerlarga o'zining professional sportchi ekanini bildirishi shart edi. Biroq Baltadji bu talabni bajarmagani qayd etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!