date

OFK Osiyo Chempionlar Ligasi o‘yinlarini boshqa muddatga qoldirdi

OFK Osiyo Chempionlar Ligasi o‘yinlarini boshqa muddatga qoldirdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) mintaqaviy Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi bir qator uchrashuvlar boshqa muddatga ko‘chirilganini ma’lum qildi. Mazkur bahslar Abu-Dabi, Dubay va Dohada o‘tkazilishi kerak edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qarorga Eron, AQSh va Isroil o‘rtasidagi harbiy keskinlik sabab bo‘ldi. Xabarda aytilishicha, Eron tomonidan uchirilgan snaryadlar AQSh bazalari joylashgan qo‘shni mamlakatlar hududiga ham yetib bormoqda.

OFK bayonotida tashkilot vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etishi va futbolchilar, jamoalar, rasmiylar hamda muxlislar xavfsizligini ta’minlash masalasida qat’iy pozitsiyada qolishi ta’kidlandi.

Uchrashuvlar 2 va 3 mart kunlari o‘tkazilishi belgilangan edi. Hozircha yangi sana yoki o‘yinlar o‘tkaziladigan joy bo‘yicha aniq ma’lumot berilmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » OFK Osiyo Chempionlar Ligasi o‘yinlarini boshqa muddatga qoldirdi