4 120
Zinedin Zidan: «Oyoq kiyimim yo‘qligidan yig‘lardim, bir kun oyoqlari yo‘q insonni ko‘rib qoldim…»
nyodagi birinchi murabbiy bugun 45 yoshga to‘ldi.
Shu munosabat bilan ajoyib futbolchi va murabbiyning faoliyati davomida aytgan eng sara fikrlarini taqdim etishga qaror qildik.
Otam hech qachon meni yaxshi ko‘rishini aytmagan. Biroq uning qilayotgan ishlari tufayli meni juda yaxshi ko‘rishini sezardim.
Agar nimanidir qattiq orzu qilsangiz bir kun kelib u amalga oshadi.
Marselda yomon tumanda yashaganmiz. Qaerda yashash emas, qanday yashash muhim. 20 nafardan ortiq bolalar bilan o‘rtoq edim, ularning hech biri ichmasdi va chekmasdi.
Otam doim boshqa davlatdan kelgan inson mahalliy xalqdan ko‘proq mehnat qilishi kerakligini aytardi.
Yoshligimda ko‘plab bolalar bilan futbol o‘ynardim. Nima uchun ular orasidan faqat men futbolchi bo‘ldim? Balki, qolganlar kuniga 24 soat futbol haqida o‘ylashmagani uchundir.
Marselda qiynalgan bo‘lsam ham eng sevimli shahrim bo‘lib qoladi. U erda o‘zining muhiti bor. Bu borada Marsel Liverpulga o‘xshashib ketadi.
Sevimli klubim — «Olimpik». Hatto «Kann» sharafini himoya qilganimda ham «Velodrom»ga borardim.
Sen kimliging va qayerdan kelganingni unutmasliging lozim. Hech qachon birga katta bo‘lgan o‘rtoqlarimni unutmayman.
Yoshligimizda bolalar bilan biznesimiz bo‘lgan. Dam oluvchilarga «sosiskalar»ni kim tez tanovul qilish bo‘yicha chempionat o‘tkazardik. Ko‘pincha men g‘olib chiqardim.
«Bordo»ga o‘tish meni o‘zgartirgandi. Rivojlana olishimni sezgandim. «Bordo» men uchun ajoyib tramplin bo‘la oldi.
Ovqat tayyorlashni yomon ko‘raman. Tuxum pishira olaman xolos. Xotinim Veronika esa ajoyib pazanda. U hattoki Jazoir oshxonasidagi ba’zi ovqatlarni o‘rganib ham olgan.
Sportda doping — juda yomon. «Yuventus»da Fransiyada ta’qiqlangan modda kreatinni iste’mol qilganman. U boshqa mamlakatlarda ta’qiqlanmagan. U mening sog‘ligimga ta’sir qilmagan deb o‘ylayman.
Fransiya terma jamoasida turli millat futbolchilari o‘ynashadi? Qanday ahmoqlik! Jamoamiz juda ahil va inoq. Qaerdan bo‘lmaylik vatanimiz bitta — Fransiya, har bir o‘yinda bor kuchimiz bilan o‘ynaymiz.
Agar qachondir menga Zinedin Zidanga o‘xshashni istayman desa haqiqatdan ham baxtli bo‘laman.
Men musulmonman va barcha narsani yaratgan Xudoga ishonaman.
Kuchni tejash — senga pul to‘layotgan klubni aldash.
Orzuim bor. Jahon chempionati finalida o‘ynayapman, 90-daqiqa o‘tib borayapti va to‘p menga etib keldi, zarba… Albatta, bu amalga oshmasa kerak.
Hayotimdagi eng katta yutuq bu medal yoki kuboklar emas, farzandlarim menga yaxshi otasiz deyishganidir.
Materassi? U futbolkani rosa ko‘p tortqilayverdi, o‘yindan so‘ng unga futbolkamni sovg‘a qilishimni aytdim. Bunga javoban u onam va singlimni haqorat qildi. O‘zimni tutib tura olmadim. Bu yomon qaror edi, barchasi juda tez sodir bo‘ldi.
Buffon mening zarbam haqida hakamga aytgani yaxshi bo‘lgan. Fransiya hakam xatosi tufayli chempion bo‘lganini hazm qila olmagan bo‘lardim.
Ispaniya chempionati zerikarli ekanligiga qo‘shilmayman. Menimcha u Evropadagi eng kuchlilaridan biri. Bu erda kuchsiz jamoalar yo‘q.
Messi va Ronaldu — g‘aroyib futbolchilar. Ammo Frank Riberi Fransiya futboli brillianti.
Futboldagi barcha ishlarimni tugatganimdan so‘ng otam bilan birga Jazoirga qaytamiz. Xuddi o‘sha otam cho‘pon bo‘lgan qishloqqa boramiz. Bu mening futboldan tashqari eng katta orzuim.
Ota-onam menga o‘zingni boshqalardan ustun qo‘yma deb o‘rgatishgan, ularga shunday tarbiya uchun rahmat aytaman.
Men dunyoning eng kuchli murabbiyiman? Yo‘q-yo‘q, bunday emas (EChL finalida ikkinchi marta g‘olib chiqilganidan so‘ng).
Yoshligimda futbol o‘ynash uchun oyoq kiyimim yo‘qligi uchun yig‘lardim, kunlardan bir kun men oyoqlari yo‘q insonni ko‘rib qoldim…
Manba : championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi