O‘zbekiston – Keniya (1:0) bahsidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan afrikaliklar bosh murabbiyi Frensis Kimanzi quyidagicha fikrlarni bildirdi.
- Yaxshi o‘yin o‘tkazdik. So‘nggi daqiqalarda o‘yinni kuchaytirishga intildik. Afsus, futbolda shunday holatlar ham bo‘lib turadi. O‘yin bizga foydali bo‘ldi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasidan ko‘p narsa o‘rgandik. Tajriba to‘pladik.
- O‘yin natijasi hech narsani hal etmasdi. Biroq shunga qaramay, nima uchun mehmonlar ko‘proq himoyaviy futbolga e’tibor qaratishdi?
- Himoyaviy o‘yin futbol taktikalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston OTJ Xitoyda chempion bo‘lganining sababi ular doim hujumkor o‘yin namoyish etadi. Biz esa o‘yinga juda oz fursatda tayyorgarlik ko‘rdik. Tarkibimiz yangi hisoblanadi. Shuning uchun futbolchilar bir-birlarini tushunishda biroz qiyinchilikka duch kelishmoqda.
- O‘zbekiston tarkibida kimni o‘yini Sizga yoqdi?
- Menga 9-raqam (O‘rinboyev) va 22-raqamda (Kenjaboyev) to‘p surgan futbolchilarning o‘yini juda yoqdi. Bahs davomida ular bizga ko‘p muammo to‘g‘dirishdi.
- Keniya va O‘zbekiston futbolini solishtirsangiz ?
- Bu savolga javob bera olmayman. Chunki men faqat terma jamoaning o‘yinini ko‘rdim. Ikki davlat futboli saviyasini ko‘rish uchun klublar ishtirokidagi bahslarni kuzatishim kerak.
- O‘zbekiston OTJ amaldagi Osiyo chempioni hisoblanadi. Agar bizning jamoa Afrika qit’asi chempionatida ishtirok etganda qanday natija qayd etgan bo‘lardi ?
- Qiyin savol bo‘ldi. Buni tasavvur qilish biroz mushkul. Lekin shuni ayta olamanki, O‘zbekiston Afrika qit’asida o‘tkazilgan turnirlarning saralashidan bemalol o‘ta oladi va guruh bosqich bahslarida yaxshi ishtirok etadi.
- Bizning davlat Sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Avval ham Osiyo davlatlarida mehmon bo‘lganman. O‘zbekistonni bunday chiroyli davlat deb tasavvur qilmaganman. Insonlari xar doim kulib turadi. Mexmondo‘stlikka esa gap bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekistonliklarga katta rahmat!
Manba: The-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi