
Italiyaning amaldagi chempioni "Napoli" jamoasi yarim himoya chizigʻini kuchaytirish maqsadida izlanishlarini davom ettirmoqda. Kevin de Bryuyne jarohat olganidan soʻng, klub "Manchester Yunayted"ning yosh isteʼdodi Kobbi Mainuga qiziqish bildirgan edi.
Ammo "qizil iblislar" ushbu futbolchini yanvar oyida qoʻyib yuborishni rejalashtirmayapti. Fichajes nashrining xabariga koʻra, "Napoli" Mainuga muqobil sifatida "Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasadoni koʻrib chiqmoqda.
A Seriya grandi 22 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 30 million yevro taklif qilishga tayyorligini bildirgan. Joriy mavsumda Kasado murabbiy Hans-Diter Flik qoʻl ostida 12 oʻyinda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirgan.
Uning shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.
Napoli Kasadoga eʼtibor qaratmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar