
Nyukasl klubi yarim himoyachisi Sandro Tonali o'z kelajagi haqida savollarga javob berdi. 25 yoshli futbolchi Italiyaga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar bilan bog'lanib kelinmoqda, ammo hozircha bu borada biror aniq harakatlar kuzatilmagan.
O'zi esa hozircha klubni tark etishni rejalashtirmayotganini ma'lum qildi. "Futbolda har yili hammasi o'zgaradi.
Men "Nyukasl"da o'n yil qolaman, deb aytmoqchi emasman, lekin hozir bu yerda baxtliman va boshqa klub haqida o'ylayotganim yo'q", – deydi futbolchi jurnalist Fabritsio Romano bilan suhbatda. Sandro Tonali "Nyukasl" safiga 2023 yil yozida "Milan"dan 60 million yevrodan ortiqroq evaziga qo'shilgan.
Italiyalik futbolchining shartnomasi 2028 yilgacha hisoblangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing