date

Kroos: Bu qizil kartochka emas


Sobiq mashhur futbolchi Toni Kroos "PSJ" va "Bavariya" o'rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvida Luis Diasning Ashraf Hakimiga qilingan qo'pollikdan so'ng maydondan chetlatilishi haqida fikr bildirdi. Kroosning fikricha, hakam qizil kartochka ko'rsatmasligi kerak edi.

"Bu holat men uchun aniq: bu qizil kartochka emas. Agar Hakimi bu to'qnashuvdan keyin shunchaki o'rnidan turganida, hech kim bu vaziyatni qayta ko'rib chiqmas edi.

Bunday holatlarda hakam o'yin epizodini emas, balki uning oqibatlarini baholashi kerak", - dedi Kroos Einfach mal Luppen podkastida. To'piq jarohati tufayli Ashraf Hakimi taxminan bir yarim yoki ikki oy maydonga tusha olmaydi.

"Bavariya" safarda "PSJ"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Myunxenliklar 2025/2026-yilgi mavsumda barcha 16 o'yinda g'alaba qozonishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kroos: Bu qizil kartochka emas