
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Chempionlar Ligasi doirasida "Bryugge"ga qarshi o'yinda (3:3) gol urgan Lamin Yamal haqida fikr bildirdi. "Yamal o'zini yaxshi ko'rsatdi.
U ajoyib futbolchi, alohida iste'dodga ega. U har doim o'yinda farq yaratishi mumkin.
Ba'zan u bir o'yinda boshqasiga qaraganda kuchliroq o'ynashi tabiiy. Agar u ishlashda davom etsa, hech narsadan xavotir olishimizga hojat yo'q", – dedi de Yong Movistar telekanaliga.
Endi "Barselona" Ispaniya chempionati doirasida "Selta"ga qarshi safar o'yiniga tayyorgarlik ko'radi. Ushbu uchrashuv yakshanba, 9-noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Ayni paytda kataloniyaliklar turnir jadvalida peshqadam "Real"dan 5 ochkoga ortda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar