date

Virts Chempionlar Ligasida eng ko‘p imkoniyat yaratgan futbolchi


“Liverpul” yarim himoyachisi Florian Virts Chempionlar Ligasining joriy mavsumida eng ko‘p golli vaziyat yaratuvchi futbolchi sifatida peshqadamlik qilmoqda. 22 yoshli nemis futbolchisi musobaqa doirasidagi to‘rtta o‘yinda 16 ta golli pas uzatishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu ko‘rsatkich Madridning “Real” klubi yulduzi Kilian Mbappe bilan teng. Reytingda undan keyingi o‘rinlarni “Olimpiakos” futbolchisi Shikinyo, “Vilyarreal”dan Nikola Pepe va “Manchester Siti”dan Fil Foden egallab turibdi – ularning har biri 13 tadan imkoniyat yaratgan.

Virts “Liverpul” safida Chempionlar Ligasida ikki golli uzatmani amalga oshirgan. Biroq u hozircha gol urishga erishmagan.

Mersisaydliklar to‘rtinchi tur bahsida “Real”ni oz farq bilan mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda Virts jamoadoshlari uchun beshta vaziyat yaratdi, biroq ularning birortasi gol bilan yakunlanmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Virts Chempionlar Ligasida eng ko‘p imkoniyat yaratgan futbolchi