
Manchester Siti hujumchisi Fil Foden Chempionlar Ligasi asosiy bosqichidagi Dortmundning Borussiya klubiga qarshi oʻyindan soʻng oʻz his-tuygʻulari bilan oʻrtoqlashdi. Eslatib oʻtamiz, "shaharliklar" oʻz maydonida raqibni 4:1 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.
"Ajoyib his-tuygʻular. Men har doim yuzimda tabassum bilan oʻynashim kerak, aynan shunday qilyapman.
Oʻtgan yil qiyinroq oʻtdi, nafaqat men uchun, balki hammamiz uchun. Bu mavsumda biz yana birlashtik va bu sezilmoqda," - dedi futbolchining soʻzlarini UEFA matbuot xizmati keltiradi.
Fodenning fikricha, "asalarilar" Sitiga qiyinchiliklar tugʻdirishga muvaffaq boʻlishdi, ammo Xosep Gvardiola jamoasi ularni yengib oʻtdi. Fil Foden birinchi boʻlimdayoq dubl qayd etdi.
Shuningdek, Erling Holand va Rayan Sherki ham bittadan gol urishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar