22:08 / 13.05.2018
4 391

Kutib oling “Qirol” Muhammad Saloh janobi oliylari

Kutib oling “Qirol” Muhammad Saloh janobi oliylari
Angliyadagi “Liverpul” futbol klubi o‘yinchisi Muhammad Salohning o‘yin tartibi endi hammaga ma’lum. Jamoadoshlari uning atrofini xursandchilik bilan qurshab, bu misrlik o‘yinchining navbatdagi urgan golini nishonlasharkan, Muhammad Saloh esa o‘z muxlislari tomon yaqinlashib, qo‘llarini keng ochadi, turgan yerida bir muddat qimirlamay turib qoladi, keyin esa boshini egib sajda qiladi.

Guruh a’zolari uni qutlashganidan so‘ng sekin orqadagi markaziy xalqaga yurib boradi. “Keyin bu yerda ham shu holat”, deydi o‘yinlarni muntazam kuzatib boruvchi, “Liverpul” muxlislaridan bo‘lgan Neil Atkinson. Muhammad Saloh yana qo‘llarini osmonga ko‘taradi va o‘yin maydonida tiz cho‘kib, o‘zining musulmonlik e’tiqodiga chuqur kirishgan holda sajda qiladi. “O‘sha lahzada butun tomoshabinlar ham uning shu ondagi istagini amalga oshirib olishi uchun sokin bo‘lib qolishadi”, deb aytadi janob Atkinson.

Shundan so‘ng olqishlar qayta boshlanadi, “hamma yana golni nishonlashga kirishib ketadi”.

Janob Saloh ushbu mavsumda Yevropada futbol bo‘yicha yulduzga aylandi. U “Liverpul”dagi ilk mavsumining o‘zidayoq 49 ta o‘yinda 43 nafar gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchi o‘n yil mobaynida o‘z jamoasini “Chempionlar ligasi” finaliga olib chiqa oldi. Unga ham o‘zining o‘yinchi do‘stlari tomonidan, ham “Futbol” uyushmasi tomonidan “Angliyaning yil o‘yinchisi” degan ovoz berildi.

Muhammad Salohning e’tiqodi va buni ommaviy tarzda namoyish etishi uni ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsga aylantirdi. Yevropada borgan sari o‘sib borayotgan islomofobiyaga qarshi kurash, hukumat tomonidan noqonuniy muhojirlarga “adovatli muhit” yaratish kabi siyosat olib borilayotgan bir paytda u asli kelib chiqishi Shimoliy afrikalik, bundan tashqari musulmon bo‘lgan holatida Britaniyada nafaqat shunchaki qabul qilingan, balki sevimli bo‘lishga ham ulgurgan.

“Bu mashhur futbolchi Islom dinining ruknlarini o‘zida aks ettirgan va iymon “libos”ini “kiyib yurgan” inson hisoblanadi, – deydi Britaniya musulmonlar konsulligi yordamchi kotibi Miqdad Versi. – Unda o‘ziga jalb qilish qobiliyati bor. Muhammad Saloh jamoaning qahramoni hisoblanadi. “Liverpul”, xususan, bu musulmon o‘yinchi atrofida haqiqatdan ham ijobiy bir holatda namoyon bo‘ldi. U islomofobiyaga yechim emas, lekin asosiy rolni o‘ynashi mumkin”.

Janob Saloh o‘zining 25 yoshida ulkan timsolga aylanmoqda. Misrda, o‘tgan yili oktyabr oyida, uning statusi (darajasi) milliy boylik sifatida tasdiqlandi. Bir gal turnirda ilk ko‘rinish berganidayoq mamlakatning milliy jamoasi Jahon kubogida joy olishini oxirgi penaltida tepgan goli bilan ta’minladi. Janob Saloh shunda yuzlarida tabassum bilan o‘z muxlislari yelkasida ekan, uni Misrning Aleksandriya shahri stadioni bo‘ylab ko‘tarib olqishlashdi. Qohira devorlarida uning chehrasi chizilgan sanoqsiz suratlar paydo bo‘ldi. Bu suratlar esa sayyohlarni o‘ziga jalb qiluvchi timsolga aylandi. Shahardagi savdo do‘konlari yotoq choyshablaridan to Ramazon oyida odatiy hadya qilinadigan chiroqlargacha uning suratini solib berishni taklif etishdi. Mart oyida futbolchi nomzod sifatida o‘zining nomini qo‘ymagan bo‘lsa ham, prezidentlik saylovlarida sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlandi.

Misrda asosan Yevropa futboli, Angliya primer ligasi mashhur bo‘lgan bo‘lsa, endilikda Qohiraning minglab qahvaxonalari va barlarida “Liverpul” jamoasi o‘yinlari ommalashib ketdi.

“Muhammad qilgan ishni birorta ham misrlik amalga oshirmagan edi, shuning uchun ham uning mashhur bo‘lishi omma uchun shunchalik muhim sanaladi, – deydi misrlik futbol sharhlovchisi Ahmed Atta. – Hozir hamma primer ligani tomosha qilmoqda. Ommaviy axborot vositalari uni suratga tushirish bilan band”.

Janob Salohning mashhurligi faqatgina uning maydondagi qahramonligi natijasi emas, balki insoniyligi tufayli hamdir. “U doimiy ravishda mablag‘idan ehson qiladi va o‘z shahri rivoji uchun pul sarflaydi, – deydi uning iqtidorini yoshligidan payqagan murabbiy Said Elshishiniy. – Shu narsaning o‘zi ham uni hamma yoqtirishi uchun kifoya qiladi”.

Janob Saloh Nagrig shahri kasalxonasiga dializ uskunasini o‘z hisobidan olib berdi, yer uchun tashlandiq suvlarni qayta ishlovchi qurilma stansiyasini qurdirdi. Shuningdek, sport markazi, maktab va masjid binolarini yangilab berdi. U Misrning oqsab turgan iqtisodi uchun moliyaviy fond tashkil etilishida mablag‘ ajratdi. Aprel oyida giyohvand moddalarga qarshi o‘tkazilgan hukumat kurashidagi video qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etdi. Ushbu ko‘rsatuv namoyish etilganidan keyin uch kun ichida, Misr ijtimoiy birdamlik vazirligi ma’lum qilishicha, dardiga davo izlab murojaat etganlar soni ortgan.

Bundan ham uning o‘z e’tiqodini oshkora ko‘rsatishi mashhurligini tobora oshirib bormoqda. “Odamlar Muhammad Salohning islomofobiya avj olib borayotgan g‘ayridin mamlakatda hammaning ko‘z oldida ibodat uchun hech kimdan qo‘rqmasdan tiz cho‘kishini ko‘rib, uni yaxshi ko‘rishadi, – deydi janob Atta. – Bu xuddi ularning ustidan g‘alaba qozonishga o‘xshaydi”.

Merseysaydga Suriya, Yaman va Bangladeshdan Liverpulga kelib qolgan musulmonlar jamiyati uchun ham shunday tuyg‘uni his ettiradi. Liverpulning ichki shahar tumani bo‘lgan Tokstezdagi “Al-Masra” masjidi imomi Abu Usoma Attababi aytishicha, Britaniyada musulmonlar bosim ostida yashaydi.

So‘nggi yillarda politsiya musulmonlarga nafrat tufayli mamlakatda jinoyat sodir etishlar oshib borayotganini ma’lum qilgan. Ta’kidlaymizki, bunday jinoyatlar diniy qarashlarga yo‘g‘rilgan nafrat tufayli amalga oshgan. 2015 yilda Parijda, 2016 va 2017 yillarda Londonda, 2017 yilda esa Angliyaning Manchester shahrida sodir etilgan terroristik hujumlardan keyin yanada jinoyatlar ko‘paygan. “Tell MAMA” xayriya tashkiloti o‘tgan yili islomofobiya jinoyatlarining 2016 yilda 47% ga oshganini ma’lum qildi.

“Hozirda faqatgina jinoyatlar foizining oshishi haqiqati falokat emas, – deydi Janob Versi. – Balki bu holatning odatiy holga aylanib borayotgani haqiqiy falokat hisoblanadi: hozirgi paytda islomofobiya sentimentlarining ko‘pchilik miqyosidagi doiralarda bo‘lishi borgan sari qabul etilib borilmoqda”.

Janob Atkinson aytishicha, Liverpul ham muammolarga duch kelgan. Bu shahar Britaniyaning boshqa joylariga nisbatan ko‘proq yaxshi qabul qiluvchi shaharlardan hisoblanadi. Uni “Outsayderlar” (tashqaridan kelganlar) shahri, zid tashkil etilgan shahar” deb ham nomlashadi. Liverpul doimo ham mamlakatning boshqa shaharlari bilan oson munosabat qurib kelavermagan. “U ko‘proq “begona” sifatida ma’lum bo‘lib kelgan”, deydi qo‘shimcha qilib Atkinson.

Bundan o‘n yil oldin Suriyadan Britaniyaga ko‘chib kelgan va 2010 yildan buyon Liverpulda yashab kelayotgan doktor Radvan Albarbandining fikricha, bu ham bir sabab bo‘lib, musulmonlar o‘zlarini “xavfsiz va xavotirsiz” his qilishadi. Bu Angliyaning qadimgi musulmonlar jamiyati uchun bir uy va mamlakatning ilk masjidi uchun joy hisoblanadi.

Imom janob Attababi shaharda “xabarlarni tarqatish bo‘yicha uzun tarixga egaligini va buni nishonlab kelish an’anasi mavjudligini” ta’kidlab o‘tadi. Uning fikricha, ko‘pchilik hali ham 1989 yilda Hilsborou falokatini qamrab olgani uchun, bunda klubning 96 nafar qo‘llab-quvvatlovchi a’zosi vafot etgan, Liverpul muxlislariga boykot e’lon qilgan edi. “Bu chap tomonlama yondashuv”, deydi u.

Lekin shunda ham politsiya Liverpuldagi masjidlarda 2001 yil 11 sentabr kuni AQShda bo‘lgan hujumlar tufayli ham xavfsizlikni kuchaytirishiga to‘g‘ri keladi. Liverpulning Mersey daryosi qarama-qarshi qirg‘og‘idagi Birkenheddagi masjid 2005 yil 7 iyulda sodir etilgan Londondagi hujumdan keyin buzib tashlangan edi. Mersey politsiyasi 2012 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan jinoyatlar nafrat tufayli amalga oshirilishi 75% ga ortganini ma’lum qilgan.

“Janob Saloh o‘sha bosimni tushirishga yordam berdi”, deydi janob Attababi. Uning sharafiga atalgan qo‘shiqlar Liverpulning stadionida Anfildda jaranglamoqda, muxlislar futbolchining surati solingan bayroqlarni ko‘tarib, boshlariga fir’avnnikidek bosh kiyim kiyib yurishibdi. Janob Saloh qayerga bormasin, uni olomon o‘rab oladi, vokzal va savdo do‘konlarida birga suratlarga tushishni so‘rashadi.

Musiqachi Bitlzning tug‘ilib o‘sgan shahri bo‘lgan ikki futbol jamoasi shakllangan shahar uchun bu odatiy holat. “U og‘ir, birovga zarari tegmaydigan inson bo‘lib, shunchaki o‘zining “Liverpul” jamoasini aks ettirgan futbolkasini kiyib, superqahramonga, barchaning orzusidagi inson timsoliga aylanadi, xolos”, deydi Liverpul muxlislari klubi a’zosi James MakKenna.

Ammo bu zafarlarni bayram qilayotgan insonning musulmon ekani ham muhim bir haqiqat hisoblanadi. “Har bir musulmon undan faxrlanadi, – deydi sabzavot do‘koni sohibi hamda Liverpulda joylashgan “Ar-Rahma” masjidi tashqarisidagi o‘z rastasida ko‘p miqdorda atirlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Ali Aden. – Ba’zan biz o‘zimizni ikkinchi darajali fuqarolar sifatida his qilishga majbur bo‘lamiz. Kimningdir O‘rta Sharqdan kelib, bizning shahrimizda qo‘nim topishi biz uchun katta sharaf”.

Muhammad Salohning sharafiga atab kuylangan bir qo‘shiqda shunday deyiladi: “Agarda u yana gol ursa, men ham musulmon bo‘laman!”. Va bu narsa e’tibordan chetda qolmadi. Garchi qo‘shiq biroz tanqidga uchragan bo‘lsa-da, “Futbolni qo‘llab-quvvatlovchilar Federatsiyasi”da faoliyat yuritayotgan sobiq o‘yinchi Anvar Uddin o‘zining xabarlar dasturida bu qo‘shiqning ijobiy maqsadni ko‘zlab aytilganini bildiradi.

“Bu shunday holatki, o‘rtadagi to‘siqlarni olib tashlashi mumkin”, deydi u janob Salohning gol urgandan keyin qilgan sajdasiga urg‘u berib. Bu “dog‘ni ketkazish”ga, musulmon kishining ibodatiga kimlarningdir diqqat qilishiga sabab bo‘ladi.

“Muhammad Saloh musulmon jamiyatini shaharning qolgan boshqa qismi bilan birlashtirishi mumkin, – deydi janob Attababi. – U odamlarga bizning ekstremistlardan ko‘ra namozga yaqin ekanimizni namoyon eta oladi”.

Boshqalarning ham, xususan, Janob Salohning muvaffaqiyati orqali musulmonlarga yetkazayotgan xabari juda muhimdir, chunki u oradan to‘rt yil o‘tib, Chelsidagi mavsumdan keyin Angliyaga muzaffar bilan qaytishga muvaffaq bo‘ldi.

“Muhammad Saloh, ayniqsa, yosh avlod uchun ham ko‘p ishonch bag‘ishlaydi, – deydi Doktor Albarbandi. – Buning ularga qanday ta’sir etayotganini ko‘rishingiz va his etishingiz mumkin. Ular borgan sayin faollashib, o‘zlarini namoyon etib, shijoatlari oshib bormoqda. U yoshlarga agarda bir maqomni egallasa, o‘z ustida qattiq ishlasa va o‘zni tan oldirsa, hech kim ibodat qilishdan to‘xtata olmasligini, soqol qo‘yib yurishdan qaytarolmasligini ko‘rsatdi. Odamlar kim bo‘lishdan qat’iy nazar hurmat qilishlarini namoyish etdi”.

“Ar-Rohma” masjidi tashqarisida Abdul Aziz va Muhammad Yaffe juma namoziga shoshib ketib borishardi. Janob Yaffe Muhammad Saloh haqida suhbatlashishdan mamnun bo‘lib ketdi. U “Liverpul” muxlisi bo‘lib, xuddi boshqalar kabi jamoaning yulduzi ishqibozi edi. Janob Aziz ham biroz ikkilanib turib: “Javob berish mushkul bo‘lgan savollar berdingiz”, dedi. Janob Yaffe unga qiziquvchanlik bilan qaradi. “U “Everton” muxlisi!” – Liverpul shahri raqiblariga tushuntirish bergan holda dedi. Janob Aziz esa tabassum qildi. Janob Saloh “Everton”ga qarshi ochko yig‘magunga qadar uning jamiyat uchun qilayotgan ishlaridan mamnunligini bildirdi. Janob Saloh allaqachon bir bo‘shliqni ko‘prik qurib to‘ldirishga ulgurdi. “E’tiqod birinchi o‘rinda!” deydi Janob Aziz.

Manba: info.islom.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kutib oling “Qirol” Muhammad Saloh janobi oliylari