Qo‘ng‘irotda qarzdorning avtomashinasi xatlanib, auksion orqali sotildi

1 daqiqa o'qish193
Qo‘ng‘irotda qarzdorning avtomashinasi xatlanib, auksion orqali sotildi

Qo‘ng‘irot tumanida bank qarzini uzmagan fuqaroning avtomashinasi xatlanib, auksionda sotildi, deb xabar berdi Byuroning Qoraqalpog‘iston bo‘limi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sud qaroriga asosan qarzdor K.Sh.dan “Biznesni rivojlantirish banki” foydasiga 282,5 million so‘mlik kredit qarzini undirish belgilangan. Uning kreditga olingan JETOUR DASHING rusumli avtomobili qarzni qoplash uchun ta’minot sifatida ko‘rsatilgan.

Davlat ijrochisi qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat bergan va qarzni o‘z vaqtida to‘lamaslik oqibatlari haqida ogohlantirgan. Biroq belgilangan muddatda qarz to‘lanmagan.

Natijada avtomashina rasmiy tartibda xatlanib, elektron onlayn-auksion orqali sotuvga qo‘yilgan. 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan savdolarda u 222 million so‘mga sotilgan.

Sotuvdan tushgan mablag‘ bankka o‘tkazilgan. Mutasaddilarning aytishicha, bunday holatlar qarzdorlikni ixtiyoriy to‘lash zarurligini yana bir bor eslatib turadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?