Real Liverpulga qarshi o'yinda hujumchisiz qoldi

Real Liverpulga qarshi o'yinda hujumchisiz qoldi

Real Liverpulga qarshi o'yinda hujumchisiz qoldi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Franko Mastantuono jarohati tufayli noma'lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda jurnalist Mario Kortegana xabar berdi.

Manbalarga ko'ra, argentinalik vinger chov sohasidagi muammolar bilan duch kelgan. U La Liganing 11-turida "Valensiya"ga qarshi o'yinda og'riq bilan harakat qilgan.

Mastantuono Chempionlar ligasi guruh bosqichining to'rtinchi turida "Liverpul"ga qarshi bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuboradi. U joriy yilning yozida "River Pleyt" klubidan "Real"ga o'tgan edi.

Ispaniyada u 12 ta o'yinda qatnashib, bir gol va bir golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar