2026 yildan homiladorlikdan ishsizlikkacha: nafaqalar avtomatik tarzda to‘lanadi

1 daqiqa o'qish766
2026 yildan homiladorlikdan ishsizlikkacha: nafaqalar avtomatik tarzda to‘lanadi

O‘zbekistonda davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi bosqichma-bosqich yangilanmoqda, deb xabar berdi Adliya vazirligi.

Prezident tomonidan 3 noyabr kuni imzolangan farmonga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan homiladorlik, tug‘ruq va bola tug‘ilishi bo‘yicha nafaqalar fuqarolarning arizasisiz, proaktiv usulda tayinlanadi va to‘lanadi.

Shuningdek, 2026 yil 1 iyuldan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari ham avtomatik hisoblanadi. Bu jarayon nogironlik varaqasi asosida amalga oshiriladi.

Yangi ijtimoiy sug‘urta tizimi fuqarolarga daromad solig‘ining bir qismi yoki ixtiyoriy tarzda har oy to‘lanadigan sug‘urta badallari orqali qo‘shilish imkonini beradi. To‘lovlar miqdori eng kam sug‘urta muddati va to‘langan badallar asosida belgilanadi.

Nafaqalar Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali moliyalashtiriladi. 2030 yildan boshlab jamg‘arma ishdan bo‘shatish nafaqalarini ham ko‘rib chiqish va to‘lash bilan shug‘ullanadi. Bu holda to‘lov fuqarolarning murojaati asosida amalga oshiriladi.

Mazkur yangiliklar fuqarolarga qulaylik yaratish, ortiqcha hujjatbozlikni bartaraf etish va ijtimoiy himoya tizimini raqamlashtirish orqali shaffof hamda samarali xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?