date

Venger: Virtsning oʻrni notoʻgʻri tanlangan

Venger: Virtsning oʻrni notoʻgʻri tanlangan
Fransiyalik mutaxassis Arsen Venger, Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi, "Liverpul"da oʻynayotgan nemis vingeri Florian Virtsning oʻyini haqida fikr bildirdi. "Barcha muammo Virtsning oʻz talabida.

U oʻzini "oʻnlik" pozitsiyasida koʻrishni istadi va bu jamoa oʻyin modelini buzdi. Florian jamoaga kelganidan soʻng Dominik Soboslay qanotga oʻtishga majbur boʻldi.

Agar men "Liverpul" bosh murabbiyi boʻlganimda, oʻtgan yilgi sxemani qaytarib, Virtsni chap qanotga qoʻyardim. Markazdagi oʻrni – bu xato", – deya Vengerning soʻzlarini beIN Sports keltirgan.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 22 yoshli nemis 10 ta oʻyinda maydonga tushgan, biroq gol yoki golli uzatmalar amalga oshira olmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Venger: Virtsning oʻrni notoʻgʻri tanlangan