
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida ko‘p xotinli erkaklardan biri o‘z xotinlaridan birini doimiy ravishda kaltaklab kelgani uchun jazolandi. Bu haqda UPL muxbiri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2001-yilda tug‘ilgan erkak ikki ayol bilan bir xonadonda yashagan. O‘tgan yilning may oyida u xotinlaridan birini, homilador bo‘lganiga qaramay, kaltaklagan.
Natijada ayol o‘rta darajada tan jarohatlari olgan. Erkak dastlab 3,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi olgan.
Ammo joriy yilning sentabr oyida uning advokatlari sud qaroridan norozi bo‘lib, apellyatsiya kiritishdi. Himoyachilar jabrlangan ayol bilan yarashgani va unga yetkazilgan zarar qoplanishini ta'kidlab, jazoni yengillashtirishni so‘rashdi.
Sud holatlarni inobatga olib, jazoni 1,5 yil ozodlikdan mahrum qilishga o‘zgartirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar