15:49 / 28.06.2018
3 689

JCH—2018. Angliya—Belgiya, Yaponiya—Polsha, Senegal—Kolumbiya. Bugungi o‘yinlar anonsi

JCH—2018. Angliya—Belgiya, Yaponiya—Polsha, Senegal—Kolumbiya. Bugungi o‘yinlar anonsi
Bugun, 28 iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati “G” hamda “H” guruhlarida ham 3-tur o‘yinlariga yakun yasaladi.

Kunning dastlabki ikki uchrashuvi “H” guruhi jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Unga ko‘ra Yaponiya terma jamoasi Polsha bilan bellashsa, Senegal esa guruhdan chiqish uchun Kolumbiya bilan kurash olib boradi.

Ikkala uchrashuv hamda Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Ayni damda “H” guruhida Yaponiya hamda Senegal hisobida bir xil—4 ochkoda mavjud bo‘lsa, Kolumbiyada 3 ochko bor. Polsha esa ikki o‘yinda ketma-ket yutqazib, mundialni muddatidan avval tark etib bo‘lgan.

Skrinshot: FIFA
“G” guruhi jamoalari esa 3-tur o‘yinlarini tungi 23:00 da boshlaydi.

Mazkur guruhda deyarli hamma narsa hal bo‘lib ulgurgan. Ya’ni, Angliya va Belgiya muddatidan avval keying bosqichga chiqqan. Faqat bugun ular o‘zaro bahsda guruh g‘olibi nomiga aniqlik kiritib beradi.

Panama hamda Tunis termalari esa shunchaki rasmiyatchilik uchun maydonga chiqadi.

Ayni damda “G” guruhida Angliya hamda Belgiyada bir xil — 6 ochkodan mavjud. Panama va Tunisda esa ochko yo‘q.

Skrinshot: FIFA
Ma’lumot uchun agarda jamoalar ochkolari bir xil bo‘lib qolsa, unda reglament bo‘yicha avvalo to‘plar nisbati, shunda ham tenglik bo‘lsa, unda qaysi jamoa ko‘proq gol urganiga e’tibor qaratiladi. Bu borada ham teng natija qayd etilsa, unda o‘zaro o‘yinlar inobatga olinadi. Agarda shunda ham ko‘rsatkichlar teng bo‘ladigan bo‘lsa, unda eng kam ogohlantirish olgan jamoa jadvalda yuqori o‘ringa ko‘tariladi. Barcha ko‘rsatkichlar teng keladigan bo‘lsa, unda FIFA “ko‘r qur’a” orqali g‘olibni aniqlab beradi.


Jahon Chempionati

“H” guruhi, 3-tur bellashuvlari
28 iyun, payshanba


Yaponiya—Polsha 19:00
Senegal—Kolumbiya 19:00


“G” guruhi, 3-tur bellashuvlari
28 iyun, payshanba


Angliya—Belgiya 23:00
Panama—Tunis 23:00

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH—2018. Angliya—Belgiya, Yaponiya—Polsha, Senegal—Kolumbiya. Bugungi o‘yinlar anonsi