Foto: OʻFA matbuot xizmati
Oʻzbekiston terma jamoasi va “Paxtakor” klubi vingeri Jaloliddin Masharipov OFK tomonidan diskvalifikatsiyaga uchradi, deb xabar bermoqda “Shampionat.asia”.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 8 oktyabr kuni chiqargan qaroriga koʻra, Osiyo oʻyinlari chorak final doirasidagi Oʻzbekiston (U23) — Janubiy Koreya (U23) uchrashuvidan keyin hakamga qarata suv idishini otgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Jaloliddin Masharipov oʻrtoqlik oʻyinlaridan 6 oy muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Qoʻshimchasiga futbolchi 5 ming AQSH dollariga jarimaga tortildi. Mazkur jarima 30 kun ichida toʻlab berilishi shart.
Endilikda futbolchi Oʻzbekiston terma jamoasi safida aprel oyiga qadar oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etolmaydi. Ayni paytda terma jamoa yigʻinida shugʻullanayotgan Masharipov yaqinda boʻladigan KXDR va Qatarga qarshi uchrashuvlarni ham oʻtkazib yuboradi. Osiyo Kubogiga qadar Ektor Kuper Jaloliddin Masharipovni oʻrtoqlik bahslarida sinab koʻrish imkoniyatidan mahrum boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida suv toshqinlari oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”