Fransiyada professional velosportchilar o‘rtasida «Chrono des Nations» xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya ham ishtirok etdi.
26,5 kilometr masofaga o‘tkazilgan poygada Zabelinskaya barcha raqiblarini ortda qoldirgan va marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan va O‘zbekiston jamoasiga ilk oltin medalni olib bergan. U 35 daqiqa 54 soniya (o‘rtacha tezlik 45 km/soat) natija qayd etgan holda oltin medalga ega chiqqan. Undan keyingi o‘rinni 12 soniya ortda qolgan daniyalik Emma Yorgensen, uchinchi o‘rinni 35 soniya kech qolgan fransiyalik sportchi Oudri Kordon-Ragot egallagan.
Zabelinskaya har yili o‘tkaziladigan ushbu musobaqada to‘rtinchi marta ishtirok etmoqda va birinchi marta poygada g‘olib bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning avgustida 38 yoshli rossiyalik velopoygachi Olga Zabelinskaya O‘zbekiston terma jamoasiga rasman o‘tgani haqida e’lon qilgandi.
U avgust oyi oxirida Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan ishtirok etmoqchi bo‘lgandi, ammo unga turnirda qatnashish uchun ruxsat berilmadi.
Shosse velopoygasi bo‘yicha 2012 yilgi London Olimpiadasida ikkita bronza, 2016 yilgi Rio-de-Janeyro Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan tajribali sportchi bilan Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga qadar (2020 yil) shartnoma tuzilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda