Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Muattar Nabiyeva 10 dekabr kuni Misr poytaxti Qohira shahrida tashkil etilgan xalqaro turnirda bosh sovrin sohibi bo‘ldi. Bu haqda og‘ir atletika federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Olimpiada yo‘llanmasi uchun reyting ochkolarini taqdim etadigan mazkur turnirda -55 kg vaznda ishtirok etgan Muattar Nabiyeva dast ko‘tarishda 90 kg, siltab ko‘tarishda esa 115 kg toshni ko‘tardi. Jami 205 kg natija qayd etgan sportchi barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medal sohibasiga aylandi.
11 dekabr kuni o‘tkaziladigan bahslarda Kumushxon Fayzullayeva (-64 kg), 12 dekabr kuni Tursunoy Jabborova (-76 kg) va Dolera Davronova (-87 kg) medallar uchun kurash olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”