10:44 / 17.02.2019
3 663

«Milan» Pyontekning dubli evaziga «Atalanta»ni irodali tarzda yengdi

«Milan» Pyontekning dubli evaziga «Atalanta»ni irodali tarzda yengdi
Italiya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan «Atalanta» – «Milan» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Adzurri d′Italiya» stadionida bo‘lib o‘tgan bashda mehmonlar irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuv kutilganidek keskin ruhda boshlandi, hisob esa 34-daqiqaga kelib ochildi. Froyler milanliklar himoyasidagi tartibsizlikdan unumli foydalanib, hisobni ochdi.
Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi soniyalarida hisob tenglashdi, Kshishtof Pyontek jarima maydoniga uzatilgan to‘pga noodatiy zarba bergan holda chiroyli golga muallif bo‘ldi.
55-daqiqada Hoqon Chalxano‘glu milanliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 61-daqiqada Pyontek dublini nishonlab, hisobni oshirdi. Shu bilan o‘yin oxirigacha hisob o‘zgarmay qoldi.
Shu tariqa, «Milan» ochkolarini 42 taga yetkazib oldi va to‘rtinchi pog‘onada bormoqda, «Atalanta» (38) esa yettinchi o‘rinda qolib ketdi.

A Seriya, 24-tur
Atalanta – Milan 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar:
1:0 – 33 Froyler, 1:1 – 45 Pyontek, 1:2 – 55 Chalxano‘glu, 1:3 – 61 Pyontek.
Atalanta – Berisha, Toloi, Gimshiti, Palomino, Xatebur (Gosens, 65), de Ron, Froyler, Kastan, Gomes (Kulusevski, 59), Ilichich, Sapata (Barrou, 78).
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Musakko, Romanoli, Rodriges, Kessie, Bakayoko, Lukas Paketa (Laksalt, 87), Suso (Kastilexo, 77), Pyontek (Kutrone, 68), Chalxano‘glu.
Ogohlantirishlar: de Ron (18), Suso (27), Rodriges (88).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Milan» Pyontekning dubli evaziga «Atalanta»ni irodali tarzda yengdi