Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo jamoa rahbariyatiga shart qo‘ydi. Bu haqda Cope.es nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra 30 yoshli braziliyalik futbolchi o‘zining jamoadagi kelajagini muhokama qilish uchun “qirollik klubi” boshqaruv direktori Xose Anxel Sanches bilan uchrashgan. Ushbu suhbat davomida Marselo o‘zining jamoadagi holatidan norozi bo‘layotganini bildirgan. Shu bois agar vaziyat mavsum yakunigacha o‘zgarmasa, u yozda jamoadan ketishini aytgan.
Ma’lumot uchun, Marselo “Real” sharafini 2007 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum 24 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Marseloga “Yuventus”dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi