3 507
Prezident: Terma jamoalardagi «tanish-bilish» va talabga javob bermaydigan sport musobaqalari haqida
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 4 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
«Kelajakdagi Olimpiadalar va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishda hozirgi mavjud kamchiliklarni takrorlamaslik uchun, avvalambor, sportchilarni saralash (seleksiya), tayyorlash va musobaqalarda qatnashish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish zarur. Buning uchun sport turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, sportchilarni saralash metodologiyasini yaratish lozim. Aks holda, terma jamoalarga sportchilarni jalb etish tizimi ochiq-oshkora bo‘lmay, yana o‘sha «tanish-bilish»dan nariga o‘tmaydi.
Shu o‘rinda yana bir masala – joylarda sport musobaqalarini tashkil etish umuman talabga javob bermaydi. Misol uchun, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Toshkent, Xorazm, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridagi 131 ta shahar va tumanlarda joriy yil uchun belgilangan musobaqalarni moliyalashtirishga mahalliy byudjetdan mablag‘ ajratilmagan. Shu bilan birga, respublika miqyosida o‘tkazilgan 230 ta sport musobaqalarining 147 tasida Toshkent shahri, 164 tasida Farg‘ona viloyati, 113 tasida Namangan viloyati, 95 tasida Navoiy viloyati jamoalari umuman ishtirok etmagan.
Sportchilar musobaqalarda muntazam qatnashmasa, o‘z mahoratini qanday oshiradi? Bu o‘z navbatida milliy terma jamoa tarkibiga mahoratli sportchilarni saralab olishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Vazirlar Mahkamasi (Aripov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Nabiyev), Milliy olimpiya qo‘mitasi (Shoabduraxmonov) bir oy muddatda har bir olimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni saralash va tayyorlash metodologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni tasdiqlasin. Bunda, har bir hududdagi mavjud sport muassasalarini xatlovdan o‘tkazib, sport zaxirasini shakllantirish, seleksiya va katta sportga iqtidorli sportchilarni tanlab olish tizimini yo‘lga qo‘yish ham nazarda tutilsin.
Vazirlar Mahkamasi (Aripov), Moliya vazirligi (Qo‘chqorov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Nabiyev) 2020 yildan boshlab, tuman (shahar) miqyosida sport tadbirlarini moliyalashtirishning mutlaqo yangicha tizimini yo‘lga qo‘ysin», - dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi