
Sloveniyaning "Cele" klubi futbolchisi, rossiyalik qanot hujumchisi Nikita Iosifov faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport Baza nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli futbolchining xizmatlariga "Bolonya" va "Kremoneze" klublari qiziqish bildirmoqda. Transfer bitimi bir million yevro atrofida bo'lishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Iosifov barcha musobaqalar doirasida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi hamda 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Iosifovning "Cele" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali futbolchini 800 ming yevroga baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar