18:48 / 11.11.2019
3 692

Vadim Abramov terma jamoa yig‘inidagi 4 futbolchiga javob berib yubordi

Vadim Abramov terma jamoa yig‘inidagi 4 futbolchiga javob berib yubordi
Ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizda yig‘in o‘tkazmoqda.
«Qirg‘iziston bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng terma jamoa ixtiyorini bir necha futbolchi tark etdi.

Sharof Muhiddinov va Abrorbek Ismoilov Olimpiya terma jamoasi bilan birga BAAga xalqaro turnirga yo‘l olishdi. Shuningdek, sal avval Aziz G‘aniyev ham olimpiyachilar safiga borib qo‘shilgan edi.

Akbar Ismatullayev, Sardor Mirzayev, Sanjar Shoahmedov va Xumoyun Murtazoyevlar esa o‘z klublariga yo‘l olishdi. Ularga terma jamoa murabbiylar shtabi tomonidan ushbu yig‘in davomidagi mehnati va jamoa tayyorgarligiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirib o‘tildi. Ushbu futbolchilar terma jamoaga nomzod sifatida murabbiylarning doimiy kuzatuvida bo‘lishadi», deya xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov terma jamoa yig‘inidagi 4 futbolchiga javob berib yubordi