23:08 / 04.02.2020
3 034

"Rostov" Serbiya grandini ishonchli tarzda yengdi. Shomurodov bu yilgi ilk golini urdi

"Rostov" Serbiya grandini ishonchli tarzda yengdi. Shomurodov bu yilgi ilk golini urdi
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Parimatch Premer Kubogining 2-turi doirasida “Rostov” Serbiyaning “Partizan” klubiga qarshi to‘qnash keldi.
Uchrashuvni zaxiradan boshlagan Eldor Shomurodov 19-daqiqada Matias Normanning o‘rniga maydonga tushdi. Shundan keyin, bo‘lim o‘rtalarida Eldorning sa’y-harakatlari evaziga Pavel Mamayev hisobni ochdi. 2-taym boshida Aleksandr Dolgov oradagi farqni oshirdi. 73-daqiqada esa Shomurodov bosh bilan gol urib, hisobni yiriklashtirdi – 3:0. Bu o‘zbekistonlik hujumchining joriy yildagi ilk goli bo‘ldi.

Asosiy bo‘limning oxirlarida “Partizan”ning nigeriyalik futbolchisi Umar Sodiq raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi va o‘yin 3:1 natijasi bilan yakunlandi.

"Partizan" (Serbiya) – "Rostov" (Rossiya) – 1:3 (0:1)
Gollar:
0:1 – Mamayev (32), 0:2 – Dolgov (57), 0:3 – Shomurodov (73), 1:3 – Sodiq (87, penalti).

"Rostov": Pesyakov, Kozlov (Logashov, 60), Xadjikadunich (Chistyakov, 48), Osipenko (Kojemyakin, 60), Chernov (Vedernikov, 72), Yeremenko (Livadnov, 83), Normann (Shomurodov 19), Popov (Bezrukov, 72), Mamayev (Saplinov, 60), Zaynutdinov (Osinov, 67), Bayramyan (Dolgov, 48).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Rostov" Serbiya grandini ishonchli tarzda yengdi. Shomurodov bu yilgi ilk golini urdi