19:50 / 15.03.2020
3 035

MMA bo‘yicha ilk chempionlar bilan tanishing!

MMA bo‘yicha ilk chempionlar bilan tanishing!
Aralash jang san’atlari bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida ilk bor O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
"O‘zbekiston" sport majmuasida kattalar o‘rtasida final janglari davom ettirildi.

Quyida barcha final janglarining natijalari bilan tanishing:

52.2 kg vazn toifasida Odil Sayfiddinov (Samarqand) va Humoyunshoh Zokirov (Navoi) o‘zaro qarama-qarshi keldi va ochkolar hisobiga ko‘ra, navoiylik jangchi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

56.7 kg vaznda esa Behruz Isroilov (Toshkent) hamda Alimirzo Kenjayev (Buxoro) o‘zaro to‘qnash keldi va jangda Kenjayev ochkolar hisobiga ko‘ra, zafar quchdi.

61.2 kg vazn toifasida Suxrobbek Otajonov (Xorazm) va Izzatbek Qodirov (Toshkent) qarama-qarshiligida Otajonov hakamlarning qaroriga ko‘ra, g‘alabani tantana qildi.

65.8 kg vaznda Farrux Olimjonov (Navoi) va Feruz Usmonov (Toshkent) o‘zaro jang o‘tkazdi va Usmonov ochkolar evaziga chempionlikni qo‘lga kiritdi.

70.3 kg vazn toifasida Shukrullo Rustamov (Andijon) va Behruz Akbarov (Toshkent) qarama-qarshiligida toshkentlik jangchi ochkolar hisobiga ko‘ra, g‘alaba qozondi.

77.1 kg vaznda esa Doniyor Usmonov (Navoi) va Azizjon G‘ulomhasanov (Samarqand) o‘rtasidagi jangda hakamlar qaroriga ko‘ra, Usmonov chempionlikni qo‘lga kiritdi.

83.9 kg vazn toifasida Islom Baltayev (Toshkent) va Sardor Hazratov (Navoi) ochkolar hisobiga ko‘ra, Baltayev g‘alabani qo‘lga kiritdi.

93 kg vazn toifasida Dilshod Jabborov (Farg‘ona) va Husan Rahimov (Toshkent) o‘zaro qarama-qarshi keldi va Rahimov jangning dastlabki raundida texnik nokaut evaziga zafar quchdi.

120.2 kg vazn toifasida Fayzullo Muhammadov (Andijon) va Shahzod Po‘latov (Buxoro) o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Jangning ilk raundida Muhammadov bo‘g‘ish uslubi evaziga raqibini yengdi.

+ 120.2 kg vazn toifasida Azatbek Asembayev (Qoraqalpog‘iston) va Ihtiyor Xalmuratov (Toshkent viloyati) qarama-qarshiligi kuzatildi va dastlabki raundda Xalmuratov texnik nokaut evaziga g‘alabani tantana qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MMA bo‘yicha ilk chempionlar bilan tanishing!