09:20 / 16.09.2020
2 878

Rossiyalik erkak 5 soatda 9 kiloga ozib, rekord o‘rnatdi

Rossiyalik erkak 5 soatda 9 kiloga ozib, rekord o‘rnatdi
Foto: Federal yangiliklar agentligi
Dog‘istonlik erkak besh soat mobaynida 9,3 kilogramm vazn tashladi va Rossiya Rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda «Federal yangiliklar agentligi» xabar berdi.

2020 yil 9 sentabr kuni 66 yoshli Bagam Aygobov Maxachkaladagi Yelena Isinbayeva nomidagi stadionda 5 soatlik yugurishni amalga oshirdi. Yugurish jarayoni boshlanishidan avval Aygobovning vazni 88 kilogrammni tashkil qilgan. Butun jarayon davomida shifokorlar erkakning holatini kuzatib turdi, ammo yuguruvchi o‘zini yaxshi his qildi.

Aygobovning ta’kidlashicha, hozir aksariyat insonlar ortiqcha vaznga ega. U bu kabi odamlarni tanasi hamda ruhini boshqara olmaydigan dangasalar, deb atagan. «Hattoki ko‘pgina sportchilar ham 2-3 kilogramm vazn yo‘qota olmaydi. Men esa buning iloji borligini isbotlayman», − deydi u.

Foto: Federal yangiliklar agentligi
Shuningdek, rekordchi muntazam ravishda sport, shu jumladan, yugurish bilan shug‘ullanishini ta’kidlagan. U allaqachon 120 dan 69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifalari orasida tez vazn yo‘qotish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan tanlovda ishtirok etgan. Aygobov tez vazn yo‘qotish bo‘yicha ko‘p karra chempion bo‘lishni ham rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiyalik erkak 5 soatda 9 kiloga ozib, rekord o‘rnatdi