Bugun Osiyo chempionlar ligasining 1/4 final bahslari bo‘lib o‘tadi. "Paxtakor" chorak final o‘yinida Eronning "Persepolis" klubiga qarshi bahs olib boradi. Quyida mazkur to‘qnashuvga oid ba’zi ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.
- Bungacha "Paxtakor" "Persepolis"ga qarshi uch marta maydonga tushib, birontasida ham yutqazmagan: ikkita g‘alaba va 1 durang. Jamoalar o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv 2003 yil Toshkentda ro‘y bergan va bunda maydon egalari Anvar Soliyevning yagona goli evaziga 1:0 hisobida zafar quchishgan.
- Keyingi ikkita bahs o‘tgan yil ro‘y berdi va "Paxtakor" o‘z maydonida 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, safarda 1:1 natijasini qayd etdi.
- "Paxtakor"ga qarshi 3 bor maydonga tushgan "Persepolis" "sherlar" darvozasiga atigi 1 bor to‘p kiritgan.
- OCHL pley-off bosqichlarida Eron klublari O‘zbekiston jamoalariga qarshi shu paytgacha 4 marta o‘yin o‘tkazgan. Va shundan bittasida fors klubi keyingi bosqichga yo‘l olgan. Bu voqea 2011 yilgi musobaqa 1/8 finalida "Sepaxon" - "Bunyodkor" bahsida ro‘y bergan.
- Bu "Persepolis" uchun uchinchi chorak final bo‘ladi. Shuningdek, Eronning boshqa bir klubi "Sepaxon" ham bungacha uch marta chorak finlda to‘p tepgan.
- "Paxtakor" ham o‘z tarixida uchinchi marta chorak finalga chiqdi va bu borada "Bunyodkor"ga yetib oldi.
- Har ikki jamoa o‘z darvozasi daxlsizligini 4tadan o‘yinda saqlab qoldi va bu G‘arb mintaqasi klublari orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘lib turibdi. "Persepolis" oxirgi beshta o‘yinida o‘z darvozasidan faqat bitta gol o‘tkazgani ham e’tiborga molik.
- "Paxtakor"ning avvalgi bosqichda eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchisi Hojiakbar Alijonov bo‘ldi.
- "Persepolis" safida dastlabki uch o‘yinda faqat bitta gol urgan 72-raqamdagi Isa Al Kasir oxirgi ikkita bellashuvda 2 bor to‘p kiritdi. Bu hujumchidan ham "Paxtakor"ning juda ehtiyot bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”