18:23 / 29.11.2020
4 871

Shomurodovning transferini tasdiqlagan rahbar ishdan olindi

Shomurodovning transferini tasdiqlagan rahbar ishdan olindi
“Jenoa” sayti klubi sport direktori Daniele Fadjianoning lavozimidan olinganini rasman e’lon qildi.

Yozgi transferlar oxirida “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tayotgani haqida turli mazmundagi xabarlar tarqatilgan bir pallada aynan Daniele Fadjiano klubning o‘zbek hujumchisini olayotganini rasman tasdiqlab, masalaga oydinlik kiritgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, bu mutaxassis sport direktori lavozimida uch oy ishladi. Uning ishdan olinishiga klub prezidenti Enriko Pretsioze bilan kelisha olmagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Daniele Fadjiano Genuyaga kelgunga qadar uzoq yillar davomida “Parma”klubi boshqaruv tizimida mehnat qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning transferini tasdiqlagan rahbar ishdan olindi