O‘zbekiston chempioni va kubogi sohibi "Paxtakor" klubida yana gruziyalik murabbiy ishlashi mumkin.
Championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra, klub gruziyalik Kaxaber Sxadadze nomzodini ko‘rib chiqqan. Yakuniy qaror qanday bo‘lishi hozircha aniq emas. 1968 yil tug‘ilgan Sxadadze 2018 yildan buyon Qozog‘istonning "Ordabasi" klubida bosh murabbiy bo‘lib ishlab keldi va 2020 yilning 30 noyabr kuni uning shartnomasi yakuniga yetdi.
Futbolchilik vaqtida himoyada o‘ynagan Sxadadze Moskvaning "Spartak" va "Dinamo", Frankfurtning "Ayntraxt", Angliyaning "Manchester Siti" kabi klublarda to‘p tepgan. Gruziya milliy terma jamoasi safida 25ta o‘yinda maydonga tushib 1ta gol urgan.
U 2001 yildan buyon murabbiylik qilib kelmoqda. Hozirgacha Gruziyaning "Lokomotiv", "Dinamo", "Sioni", Ozarbayjonning "Standard" va "Inter", Qozog‘istonning "Qayrat" kabi klublarida ishlagan. 2015-2016 yillarda Gruziya milliy terma jamoasini boshqargan.
Sxadadze murabbiy sifatida ikki marta Gruziya chempioni bo‘lgan - 2005 yil "Dinamo" bilan, 2006 yil "Sioni" bilan. 2010 yil Bokuning "Inter" klubini Ozarbayjon chempioni qilgan. 2016 yilda "Qayrat" bilan Qozog‘iston vitse-chempioni va 2017 yil Qozog‘iston Superkubogi sohibiga aylangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi
Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi!
Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi
O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi
Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman"
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di