Bibisaradan Javohir Sindarovga qo‘llab-quvvatlash: yangi suratlar e’lon qilindi

1 daqiqa o'qish13
Bibisaradan Javohir Sindarovga qo‘llab-quvvatlash: yangi suratlar e’lon qilindi

Jahon shaxmat toji uchun hal qiluvchi bahslar boshlanishi arafasida Javohir Sindarovga kutilmagan qo‘llab-quvvatlash keldi. Qozog‘istonlik mashhur shaxmatchi Bibisara Asaubayeva o‘zbek grossmeysteri bilan tushgan yangi suratlarini ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubayeva o‘zining Instagram sahifasida Javohir Sindarov bilan tushgan suratlarini joylashtirdi.

Suratlar o‘zbekistonlik grossmeysterning amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan jahon shaxmat toji uchun o‘tkaziladigan bahsi oldidan olingan.

Asaubayeva o‘z postiga qisqacha «WCC, Jeneva» deb yozgan. U izohga shaxmat donasi va qo‘llarini yurak shaklida birlashtirgan emodzilarni ham qo‘shgan. Bu esa shaxmat muxlislarining e’tiborini tortdi.

Bibisaradan Javohir Sindarovga qo‘llab-quvvatlash: yangi suratlar e’lon qilindi

Sindorov uchun hal qiluvchi bahs boshlanmoqda

Javohir Sindorov va Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi jahon chempionligi uchun kurash Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadi. Birinchi klassik partiya 24 noyabr kuni o‘tkaziladi.

Jami 14 ta klassik partiya rejalashtirilgan. Qaysi shaxmatchi birinchi bo‘lib 7,5 ochko to‘plasa, jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritadi. Agar 14 partiyadan keyin hisob 7:7 bo‘lib qolsa, g‘olib tay-breykda aniqlanadi.

Bibisaradan Javohir Sindarovga qo‘llab-quvvatlash: yangi suratlar e’lon qilindi

Sindorov — O‘zbekiston shaxmati tarixidagi muhim vakil

Javohir Sindorov ushbu bahsda nafaqat shaxsiy faoliyatidagi eng katta maqsadlardan biri uchun, balki O‘zbekiston shaxmati tarixida yangi sahifa ochish uchun ham kurashadi. U jahon chempioni unvoni uchun bahsga chiqqan mamlakatimizdan birinchi shaxmatchi hisoblanadi.

Endi shaxmat muxlislarining diqqati Jenevaga qaratilgan. Sindorovning Gukeshga qarshi birinchi partiyasi 24 noyabr kuni boshlanadi. Bibisara Asaubayevaning yangi suratlari esa tarixiy bahs arafasidagi e’tiborli voqealardan biri bo‘ldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?