1 945
Jasur Jaloliddinovning agenti: «Bunyodkor» sobiq direktori Jasurni qo‘yib yuborishni istamagandi
Foto: Twitter
Moskvaning «Lokomotiv» klubi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinovning agenti Yuriy Belous mijozining transferi bilan bog‘liq muammolar haqida gapirdi. Avvalroq «Lokomotiv» agentlarga futbolchi uchun sarflangan puldan 6,5 barobar ko‘proq to‘lagani ma’lum bo‘lgandi.
- "Bu haqda qo‘ng‘iroq tovushini eshitib, biroq u qayerdan kelayotganini bilmaydigan odamlar yozmoqda. Transfer narxining o‘zi yo‘q edi. Ha, agentga to‘lanadigan pullar bor va tamom. Barcha mojaro O‘zbekistonda boshlandi, bizning (Rossiya nazarda tutilmoqda — izoh «Daryo») OAV esa ularni e’lon qildi.
Bularning barchasi «Bunyodkor» sobiq bosh direktori Jasurni qo‘yib yuborishni istamagani sabab yuzaga keldi: unda «Beshiktosh» va qator boshqa klublardan takliflar bo‘lgan.
Jasurning shartnomasida ma’lum miqdordagi tovon puli to‘langanda uning ketishiga ruxsat beradigan band bor edi va u ketishga qaror qildi. Biznikilarga esa shov-shuv kerak. Kelishuv bor edi, tovon puli to‘landi, hammasi shaffof va toza kechdi. Hech qanday savolga o‘rin yo‘q", - dedi futbol agenti Yuriy Belous.
Jaloliddinov iyul oyida «Lokomotiv» futbolchisiga aylandi. Biroq moskvaliklar yarim himoyachini Rossiya Premer Ligasi ro‘yxatidan chiqarib yubordi va Jasur «Tambov»ga ijaraga berildi. Biroq 18 yoshli o‘yinchi «Tambov» safida ham birorta o‘yin o‘tkazmadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"