07:13 / 23.01.2021
1 925

Mourinyu: "Shunday rekordlar borki, ularni yangilash imkonsiz"

Mourinyu: "Shunday rekordlar borki, ularni yangilash imkonsiz"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Liverpul"ning uy o‘yinlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlanganiga izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis boshqaruvidagi "Chelsi" qatorasiga 86 o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan edi. "Liverpul"ning "Enfild"dagi seriyasi esa 68 o‘yinga yetdi.

"Har qanday sport turidagi aql bovar qilmas rekordlar ham yangilanishi mumkin. Ammo, shunday natijalar borki, ularni yangilash imkonsizligini his qilasiz.

Rostini aytsam, "Liverpul" ajoyib natijaga erishdi. Ularning natijasini takrorlash juda qiyin. Biroq, "Chelsi" men bilan o‘rnatgan rekord hamon eng yaxshisi.

"Liverpul"ni ajoyib seriya bilan tabriklayman, ular ko‘pdan beri "Enfild"dagi o‘yinni yutqazishmagan edi
", – "Tottenxem" bosh murabbiyi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourinyu: "Shunday rekordlar borki, ularni yangilash imkonsiz"