12:59 / 20.04.2021
2 898

UEFA Yevrokuboklarning yangilangan formatini e’lon qildi


UEFA Yevrokuboklarga 2024 yildan boshlab amalga kiritiladigan o‘zgarishlarni e’lon qildi.

Chempionlar Ligasida hozirgidek 32 emas, 36 ta klub ishtirok etadi. Yangi formatga ko‘ra, guruh bosqichi o‘rnida bitta liga tashkil etiladi. Ligada dastlabki 8 o‘rinni egallagan jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi. Qolganlar esa qo‘shimcha pley-off orqali saralanadi. Barcha klublar kamida 10 tadan o‘yin o‘tkazadi va shunga yarasha daromadlar oshadi.

UEFA Chempionlar Ligasi ochiq musobaqa bo‘lib qoladi. Jamoalar avvalgidek milliy chempionatdagi natijasiga qarab unda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qo‘shimcha o‘rinlardan biriga UYEFA reytingida beshinchi o‘rinni egallab turgan liganing uchinchi jamoasi ega chiqadi. Yana bitta yo‘llanma esa Chempionlar yo‘li saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan milliy chempionat g‘oliblaridan biriga nasib etadi. Ya’ni bunday yo‘llanmalar soni to‘rttadan beshtaga ko‘payadi.

So‘nggi ikkita yo‘llanma guruh bosqichiga chiqa olmagan, biroq ECHL, Yevropa Ligasi yoki Konferensiyalar Ligasi saralash bosqichida qatnashgan, so‘nggi besh yildagi natijalari bo‘yicha UEFA klublar reytingida eng yuqori o‘rinda turgan ikkita jamoaga nasib etadi.

Xuddi shu tariqa Yevropa Ligasi (umumiy bosqichda kamida 8 o‘yin) va Konferensiyalar Ligasi (umumiy bosqichda kamida 6 ta o‘yin) formati ham o‘zgaradi. Kelajakda yuqoridagi ikki liga ishtirokchilari soni ham 36 taga yetkazilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UEFA Yevrokuboklarning yangilangan formatini e’lon qildi