Qozog‘istonning "Aktobe" klubi hujumchisi Igor Sergeyev faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Bu haqda meta-ratings.kz nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, hamyurtimizga Polsha va Chexiya klublari qiziqish bildirmoqda. Ulardan biri O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi uchun "Aktobe"ga 75 000 yevro taklif qilmoqda.
Oxirgi paytda "Aktobe"dagi moliyaviy holat yomonlashgani borasida xabarlar yangragan, shuning uchun jamoa Sergeyevni sotishi mumkin. Qozog‘iston klubi bu orqali tarkibdagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchini qo‘yib yuborish va uni sotish orqali pul ishlash imkoniga ega bo‘lishi mumkin.
Tasdiqlanmagan xabarlarga qaraganda, Igor Sergeyev "Aktobe"da oyiga 19 000 ming dollar maosh oladi. Hamyurtimiz klubisafidagi 15 uchrashuvda 7 ta gol urdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi