2 159
Shomurodov: «Dunyoning eng katta klublaridan birida nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga harakat qilaman»
Foto: Getty Images
«Roma»ga o‘tgan Eldor Shomurodov Rim jamoasi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- «Roma»ga o‘tish faoliyatimdagi sezilarli katta qadam. Men bu imkoniyatga munosib ekanligimni, dunyoning eng katta klublaridan birida nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga qo‘limdan kelgancha harakat qilaman. Ishga kirishish, yangi murabbiy va jamoadoshlarim safiga qo‘shilish istagi bu bitimning tezroq imzolanishiga sabab bo‘ldi, - deydi Eldor Shomurodov.
Rim klubi Eldor Shomurodovni «Jenoa»dan 17,5 million yevro evaziga xarid qildi. Shomurodov «Roma» bilan 2026 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi yangi klubi safida 14-raqamda harakat qiladi.
Shomurodov 2020/21 yilgi mavsum boshida «Rostov»dan 7,5 million yevro evaziga «Jenoa»ga o‘tgandi. Bungacha u «Mash’al» va «Bunyodkor» klublarida to‘p surgan. Eldor ortda qolgan mavsumda A Seriyada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi